Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Teshayev

#doimiy_komissiya
#kotibiyat_mudiri

✅Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Teshayev hamda Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Xudayberdiyev tomonidan Kattaqo‘rg‘on tumanida 2026-yilda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini kafolatli yetkazib berish va narxlar barqarorligini ta’minlash masalalari yuzasidan suhbat o‘tkazildi.

✅Mazkur suhbat davomida aholining kundalik ehtiyojlaridan kelib chiqib, ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, bozorlarda narxlar barqarorligini saqlash hamda sun’iy oshishlarning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar yuzasidan fikrlar almashildi va kelishuvga erishildi.

✅Shuningdek, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, ta’minot zanjirini mustahkamlash hamda monitoring ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

✅Ushbu ishlar 2026-yilda tuman aholisi uchun iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram