Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova o‘ziga biriktirilgan To‘rttol mahallasida bo‘ldi.

 Tashrif davomida mahalladagi mavjud holat o‘rganilib, deputat U.Achilov tashabbusi bilan barpo etilgan ko‘prik ko‘zdan kechirildi. Ma'lumki, To‘rttol mahallasining Teraksoy ko‘chasi Katta Andijon kanalining narigi qismida joylashgan bo‘lib, mazkur hudud aholisi uzoq yillar davomida maktab, savdo shoxobchalari va boshqa ijtimoiy obyektlarga qatnashda kanal ustiga qo‘lbola
usulda qurilgan, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan ko‘prikdan foydalanib kelgan.
Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tashabbusi bilan mahalla aholisi ishtirokida hashar yo‘li orqali zamonaviy, mustahkam va xavfsizlik talablariga to‘liq javob beradigan yangi ko‘prik bunyod etildi. Natijada fuqarolarning, ayniqsa, maktab o‘quvchilari va keksalarning harakatlanishi uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratildi. Tashrif chog‘ida amalga oshirilgan ishlar
yuzasidan fikr almashilib, mahallani yanada obod etish, aholi uchun qulay infratuzilmani rivojlantirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
 

Slide 1 of 4