Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
AHOLINI BARQAROR ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA’MINLASH CHORALARI KO‘RILMOQDA

Mahallada mavjud eski elektr simlari bosqichma-bosqich yangi va zamonaviy kabellarga almashtirilmoqda.

Mazkur ishlar Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Y. Ibragimov tashabbusi bilan tegishli mas’ul tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilmoqda. Xususan, “Toshshaharnur” tashkiloti tomonidan ta’mirlash ishlari belgilangan jadval asosida olib borilmoqda.

O‘rganish deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida amalga oshirilib, mahalladagi kommunal infratuzilma, elektr ta’minoti holati, aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish hamda mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur jarayon “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonun, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida mahalla aholisi uchun elektr ta’minoti sifati yaxshilanib, xavfsizlik darajasi oshiriladi hamda mavjud muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etiladi.

✅ Qo‘shchinor mahallasida aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish, elektr ta’minoti barqarorligini oshirish va infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 5