Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
#_deputat_faoliyati Deputatlik nazorati amalda
#_deputat_faoliyati
Deputatlik nazorati amalda


Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashining “15-Telpakchinor” saylov okrugidan saylangan deputati, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova tomonidan deputatlik nazorati vakolatlari doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Sariosiyo tumani bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida bo‘lim tomonidan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi:
aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni targ‘ib qilish;
️ vatanparvarlik, qonunga hurmat, milliy g‘urur hamda fuqarolik mas’uliyatini mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish;
mahalla, ta’lim muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish;
yoshlarni yot g‘oyalar, ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va boshqa salbiy illatlardan himoya qilishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni o‘tkazish;
️ kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari, ijodiy kechalar va tanlovlarni tashkil etish;
oilada sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, milliy urf-odat va an’analarni targ‘ib qilish;
respublika va viloyat miqyosidagi ma’naviy-ma’rifiy dasturlar hamda loyihalar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
️ Deputat tomonidan amaldagi qonunchilik hujjatlari talablari hamda belgilangan vazifalar ijrosining holatiga alohida e’tibor qaratilib, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ul xodimlarning taklif hamda mulohazalari tinglandi.
O‘rganish yakunida faoliyat samaradorligini yanada oshirish, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 3