Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq Kengash raisi O.Babayev tomonidan “Qoramanas” mahallasi bo‘yicha hokim yordamchisi A.Saydaliyevning kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolarning daromad manbalarini ko‘paytirishga qaratilgan faoliyati o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan ishsiz fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish, o‘zini o‘zi band qilishga ko‘maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda imtiyozli kredit va subsidiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash, kasbga o‘qitish markazlariga yo‘naltirish, yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil etishga ko‘maklashish, investorlarni jalb etish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash holati bilan ham tanishdi.

🔺O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, belgilangan ko‘rsatkichlar ijrosi va mavjud muammolar atroflicha muhokama qilinib, ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1