Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
XALQ DEPUTATLARI NUROBOD TUMANI KENGASHI DEPUTATI FUQARONING MUROJAATINI O‘RGANDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati S.Babayarova tumandagi 14-Nurdum saylov okrugida joylashgan Nurdum mahallasida fuqaro O.Nurmatovaning uy-joy soliq to‘lovlari masalasiga oid murojaatini tingladi.

🔷Murojaatni o‘rganish jarayonida fuqaro tomonidan uy-joy solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi, mavjud imtiyozlar hamda soliq majburiyatlari yuzasidan qiziqtirgan masalalar bayon etildi.

🔷Deputat S.Babayarova tomonidan fuqaroning murojaati yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida batafsil tushuntirishlar berilib, uy-joy solig‘ini to‘lash tartibi, qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlar hamda murojaatni hal etishning huquqiy mexanizmlari yuzasidan zarur tavsiyalar bildirildi.

🔷Shuningdek, fuqaroning murojaatida ko‘tarilgan masalani qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli yo‘nalishlar ko‘rsatilib, kelgusida shu kabi masalalar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga murojaat qilish tartibi ham tushuntirildi.

🔷Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish hamda aholiga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2