Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
“Binokor” MFYda ichimlik suvi ta’minoti tarmog‘ini yangilash ishlari o‘rganildi

“Binokor” MFYda ichimlik suvi ta’minoti tarmog‘ini yangilash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Toirovlar tomonidan “Binokor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida ichimlik suvi ta’minoti tizimini yaxshilash maqsadida amalga oshirilayotgan suv quvurlarini almashtirish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida hududda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi, belgilangan muddatlarda bajarilishi hamda aholining ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yangi suv quvurlarini yotqizish jarayonida texnik talablar va qurilish me’yorlariga rioya etilishi, ishlarning samaradorligi hamda tizimning barqaror ishlashi masalalari tahlil qilindi.

Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022–2026-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan davlat dasturlari hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

O‘rganish davomida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Mazkur o‘rganish ishlari hududda ichimlik suvi ta’minoti tizimini yanada yaxshilash hamda aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3