Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
Mahalladagi mavjud muammolar va infratuzilma holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati mudiri, 10-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat Gulzoda Xudoyarovaning mehnat ta’tilida ekanligi sababli uning topshirig‘iga asosan kotibiyat bosh mutaxassislari Sunatillo Begmatov hamda Husan To‘rayev tomonidan mahallada o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida "Tinchlik" mahalla fuqarolar yig‘ini raisining aholi murojaatlari bilan ishlash, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya va ekologik holatni yaxshilash, ichki yo‘llar hamda infratuzilma obyektlarining holatini nazorat qilish borasidagi faoliyati tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish choralarini ko‘rish belgilab olindi.

Slide 1 of 1