Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
#Deputat so‘rov (https://t.me/xalq_deputatlari_termiz_shahar_k) DEPUTATLIK SO‘ROVLARI ASOSIDA AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH CHORALARI KO‘RILMOQDA

O‘rganishlar davomida mahalla aholisi tomonidan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq ikki dolzarb muammo yuzasidan jamoaviy murojaatlar kelib tushdi.

🔹 Birinchi murojaatda A.Navoiy ko‘chasi 15-sonli ko‘p qavatli uy ro‘parasida qurilgan hovuzdan doimiy ravishda toza ichimlik suvi sizib chiqayotgani, buning oqibatida qimmatli ichimlik suvi behuda isrof bo‘layotgani ma’lum qilindi.

🔹 Ikkinchi murojaatda esa A.Navoiy ko‘chasi 15-sonli ko‘p qavatli uy yaqinidagi lotok (ariq) yonidan o‘tgan ichimlik suvi quvurida avariya holati yuzaga kelib, quvur yorilgani sababli suv sizib chiqayotgani qayd etildi. Mazkur nosozlik yo‘l va piyodalar harakatiga noqulaylik tug‘dirishi, sanitariya holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda ichimlik suvi ta’minotida uzilishlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Mazkur murojaatlar yuzasidan muammolarni tezkor bartaraf etish, ichimlik suvi isrofining oldini olish hamda suv ta’minoti tarmoqlarining texnik holatini o‘rganish bo‘yicha Termiz shahar "Suv ta’minoti" AJ rahbari B.Qosimov nomiga deputatlik so‘rovlari yuborildi.