Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori ijrosi hamda 2026-yilda shahardagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha tasdiqlangan manzilli dastur ijrosi muhokama qilindi.

Unda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari, Kengashning Yoshlar maslahat guruhi hamda Ekspert maslahat guruhi vakillari ishtirok etdilar.

Ta’kidlanganidek, mazkur ishlarni amalga oshirish uchun Kengash qarori bilan shahar mahalliy budjetidan 4,4 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Obodonlashtirish boshqarmasi mutaxassisi tomonidan bajarilgan ishlar, amalga oshirilayotgan loyihalar va kelgusidagi rejalar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

Muhokamalar davomida deputatlar ichki yo‘llarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining sifati, mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdilar.

Yig‘ilish yakunida manzilli dasturda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan doimiy ravishda deputatlarga hisobot taqdim etib borish bo‘yicha tegishli topshiriqlar belgilandi.

Slide 1 of 5