Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Tuman kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari tomonidan kengash deputatining okrugidagi Deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiyalarning  21-yo‘nalishda belgilangan  vazifalarning ijrosini o‘rgandi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari S.Amanov va T.Gulmatovlar  Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman kengashining 18-“Azlarsoy” saylov okrugi deputati D.Mo‘minovaning saylov okrugiga qarashli “Azlarsoy” mahallasida bo‘ldilar.

O‘rganish jarayonida  Oliy Majlis Senati tomonidan tasdiqlangan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi” doirasidagi ustuvor masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan,  21-yo‘nalish doirasida hududdagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilikning oldini olish, ayniqsa “qizil” va “sariq” toifaga kiritilgan hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish va bartaraf etish bo‘yicha ichki ishlar organlari, mahalla faollari hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar muhokama qilindi.

O‘rganish davomida profilaktika inspektorining hisobot va ma’lumotlari tinglanib, mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Mahalla ma’sullariga bilan suhbat davomida aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda mahalladagi ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 3