Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi

Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan 1-Markaz saylov okrugidan saylangan deputat E.Saidov nomidan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Ulug‘bekova tomonidan Kengash ish rejasiga muvofiq Xo‘ja MFYda o‘rganish ishlari olib borildi.

📋 O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi E.Shertoyev tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilindi.

💼 Jumladan, 6 ta oilaviy tadbirkorlik subyektiga ko‘mak berilgan bo‘lib, 11 nafar fuqaroga “Biznesga birinchi qadam” bank-kredit dasturi doirasida mahalla loyihalari ajratilgan.

👥 2026-yil davomida belgilangan maqsadli ko‘rsatkichlar asosida 25 nafar fuqaro doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlangan.

🤝 Mahalladagi “Jamg‘arma reyestri”da ro‘yxatda turuvchi jami 75 nafar fuqarodan 31 nafariga hokim yordamchisi tomonidan turli ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlar ko‘rsatildi.

🎓 Shuningdek, 17 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitish kurslariga yo‘naltirilib, ulardan 14 nafari 3 oylik o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomladi.

🏭 Yil boshidan ajratilgan mikroloyihalarning 6 tasi bugungi kunga qadar amaliyotga joriy etilib, faoliyatini boshlagan.

🧵 Bundan tashqari, 1 nafar fuqaroning subsidiya asosida tikuv mashinasi olish bo‘yicha arizasi yakuniy bosqichga o‘tkazilgan.

✅ O‘rganish yakunlari bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilib, aholi bandligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4