Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
DEPUTAT TOMONIDAN O‘ZIGA BIRIKTIRILGAN “VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 16-“Bodomtepa” saylov okrugidan saylangan deputat Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan deputatlik nazorati doirasida o‘ziga biriktirilgan O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Parkent tuman bo‘limida jamoatchilik nazorati olib borildi.O‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Mirzayev Dilshod Ruxutdin o‘g‘li ham ishtirok etdi.O‘rganish davomida qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi, hududda mazkur qonun talablarini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolarning vijdon erkinligiga oid konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash hamda qonun buzilishlarining oldini olish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek, ekstremizm va radikal g‘oyalar ta’sirining oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar atroflicha o‘rganildi.Jarayon davomida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Parkent tuman bo‘limi bosh mutaxassisi Turg‘unboyev Farxod Raximberdiyevich bilan suhbat o‘tkazilib, qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud holat bo‘yicha batafsil ma’lumotlar olindi.️O‘rganish yakunida deputat tomonidan qonun ijrosini yanada samarali tashkil etish, fuqarolarning vijdon erkinligi va qonuniy huquqlarini ishonchli ta’minlash, aholi ayniqsa yoshlar o‘rtasida huquqiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda qonun talablarining to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3