Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ–35-V-son qarorlari ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tavsiyalar asosida saylov okrugidagi Ipak yo‘li mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahallada hokim yordamchilari tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolar daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilindi. Xususan, joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida mahallada 4 ta tadbirkorlik subyekti tashkil etilib, ular orqali 8 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Shuningdek, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Deputat tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqotni yanada kuchaytirish va murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu maqsadda mahallaning ko‘rinarli joylariga deputatga QR-kod orqali murojaat yuborish imkoniyati, shuningdek, fuqarolarni qabul qilish kunlari va vaqtlari ko‘rsatilgan axborot e’lonlari joylashtirildi. Mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan tashabbus fuqarolarga deputatlar bilan tezkor va qulay aloqa o‘rnatish, murojaatlarini elektron shaklda yuborish hamda qabul kunlari haqida to‘liq ma’lumot olish imkonini yaratadi.

Slide 1 of 4