Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
📹 DEPUTAT SO‘ROVI: MEVAZOR MAHALLASIDA VIDEOKUZATUV TIZIMINI KUCHAYTIRISH TASHABBUSI

🔹 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Elyor Dushamov tomonidan saylovchilar murojaatlari asosida Shovot tumani Mevazor mahallasida jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash maqsadida deputat so‘rovi yuborildi.
🤝 Fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar va murojaatlar tahlili natijasida mahallada huquqbuzarlik hamda jinoyatchilikning oldini olish uchun videokuzatuv tizimini kengaytirish zarurligi qayd etildi.
📌 Deputat so‘rovida quyidagi masalalar ilgari surildi:
✅ Mevazor mahallasida videokuzatuv kameralariga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish.
📹 Jinoyatchilik va huquqbuzarlik sodir etilishi ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlarga 10 ta zamonaviy videokuzatuv kamerasi o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqish.
💰 Ushbu tashabbusni amalga oshirish uchun moliyalashtirish manbalari hamda bajarish muddatlarini belgilash yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish.
📝 Amalga oshirilgan ishlar va qabul qilingan qarorlar yuzasidan amaldagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ma’lumot taqdim etish.
⏳ Shuningdek, "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida"gi Qonunning 8-moddasiga muvofiq deputat so‘roviga 10 kun ichida javob taqdim etilishi so‘ralgan.
⚖️ Eslatma: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasiga ko‘ra, deputat so‘rovini o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik yoki bila turib noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish mansabdor shaxslarning ma’muriy javobgarligiga sabab bo‘ladi.