Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala o'rganildi

Sessiya kun tartibiga kiritilgan masala o'rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi bosh mutaxassisi A.Mamarajabov tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining hududlar kesimida ijro etilishi masalasi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganishlar tuman hokimligi va Iqtisodiyot va moliya bo‘limida olib borilib, dastur va strategiyada belgilangan vazifalarning hududlarda ijro etilishi, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda belgilangan indikatorlarning bajarilish holati tahlil qilindi.

Shuningdek, mas'ul xodimlar bilan muloqot davomida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar muhokama qilinib, dastur ijrosini yanada samarali tashkil etish, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganish natijalari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida mazkur masala yuzasidan muhokama qilish jarayonida inobatga olinadi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2