Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Qurilish va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-dekabrdagi "Surxondaryo viloyatining salohiyati va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ–386-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida "Takiya ota" ziyoratgohida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida ziyoratgoh hududida olib borilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari, tashqi va ichki infratuzilmani yaxshilash, hududni obodonlashtirish hamda tashrif buyuruvchilar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, qurilish ishlari sifati hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas'ul tashkilotlar vakillari bilan fikr almashildi. Aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, ishlar sifatini yanada oshirish va qurilish jarayonlarini jadallashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar Prezidentimiz qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta'minlash, tumanning turizm salohiyatini oshirish hamda muqaddas qadamjolar infratuzilmasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 4