Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Qonun ijrosi o‘rganildi

Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayev hamda tuman Kengashi deputati I.Qurbonov "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (1996-yil 26-aprel, 221-I-son) ijrosi yuzasidan tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tashrif buyurib, qonun talablarining amaliyotdagi ijrosi bilan tanishdilar.

Tashrif davomida jamiyat tomonidan iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, kelib tushayotgan murojaatlarni ko‘rib chiqish, iste’molchilar bilan ishlash tizimi hamda qonun talablarini amaliyotga tatbiq etish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, jamiyat mas’ullari bilan amaldagi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan fikr almashilib, iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilish, murojaatlar bilan ishlash sifatini yanada oshirish hamda qonun talablariga rioya etishni kuchaytirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Tashrif yakunida faoliyat davomida yuritilayotgan hujjatlar bilan ham tanishilib, mavjud masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3