Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Mahalla faoliyati o‘rganildi

Mahalla faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Hamroyev tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Donayev hamda A.Mamarajabov bilan birgalikda "Mustaqillik" mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi, bandlikni ta’minlash, obodonlashtirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yuritilayotgan hujjatlar, reyestrlar va hisobot hujjatlarining yuritilishi o‘rganildi.

Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligi, hujjatlarning amaldagi tartib va talablar asosida yuritilishi, mavjud muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish hamda mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.


Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 3