Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
Deputatlik nazorati doirasida pensiya ta’minoti sohasida qonun ijrosi o‘rganildi

Deputatlik nazorati doirasida pensiya ta’minoti sohasida qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda tuman Kengashi deputatlari N.Alimov va Ch.Alimov deputat N.Alimovga biriktirilgan tashkilot — Qiziriq tumani Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limiga tashrif buyurdilar.

Tashrif deputatning biriktirilgan tashkilot bilan ishlash rejasi doirasida hamda “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (№938-XII, 1993-yil 3-sentabr) ijrosini o‘rganish yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida amalga oshirildi.

O‘rganish davomida qonun talablarining amaldagi ijrosi, fuqarolarga pensiya tayinlash, qayta hisoblash va to‘lash jarayonlari, murojaatlarni ko‘rib chiqish amaliyoti hamda pensiya ta’minoti tizimida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifati yuzasidan mas’ullarning axboroti tinglandi.

Shuningdek, savolnomada ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, qonun ijrosini yanada samarali ta’minlash hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Hududlarda qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati hamda biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2