Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
Korrupsiyaga qarshi kurashishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash

Korrupsiyaga qarshi kurashishda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash

🏛 Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashi tomonidan DMTT xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga murosasiz kurashamiz” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🛡 Unda Xalq deputatlari Oqdaryo tumani Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi J.Sadullayev, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Samandarova, 11-Miyonqol saylov okrugi deputati D.Yusupova hamda tuman hokimligi yuristkonsulti G‘.Abduhakimov, tuman MMTT mudiri X.Mirxodiyevlar ishtirok etdi.

📌 Yig‘ilish davomida ko‘rib chiqilgan asosiy mavzular:
🔹 Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan davlat siyosati va islohotlar mazmun-mohiyati
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga oid farmon va qarorlarining ijrosi
🔹 “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun talablari va uning amaliyotdagi ahamiyati
🔹 Maktabgacha ta’lim tizimida ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlash masalalari
🔹 DMTTlarda korrupsion holatlarning oldini olish va profilaktika choralarini kuchaytirish
🔹 Xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish va xizmat odob-axloq qoidalariga rioya etish
🔹 Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va xizmat mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanmaslik
🔹 Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish
🔹 Korrupsiyaning jamiyat va yosh avlod tarbiyasiga salbiy ta’siri
🔹 Tizimda halollik, adolat va mas’uliyat muhitini mustahkamlash

Yig‘ilishda korrupsiyaning jamiyat rivojiga, ayniqsa, yosh avlod tarbiyasiga salbiy ta’siri alohida ta’kidlanib, har bir xodimda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhimligi qayd etildi. ❗️       

Slide 1 of 4