Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov, shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov hamda shahar hokimining maslahatchisi D.Alimova hamkorligida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan “Achchiqko‘l” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida davlat tilidan foydalanish holati, tashkilot va muassasalarda ish yuritish jarayonlarining amaldagi qonun talablariga muvofiqligi, tashqi va ichki yozuvlar, axborot lavhalari hamda ko‘rgazmali vositalarning davlat tilida yuritilishi yuzasidan monitoring amalga oshirildi.

Shuningdek, mahalla faollari, mas’ul xodimlar va tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazilib, davlat tilining nufuzi va mavqeini yanada yuksaltirish, ish yuritishda adabiy til me’yorlariga qat’iy rioya etish hamda fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlarda davlat tilidan to‘liq foydalanish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, qonun talablarini to‘liq ta’minlash hamda davlat tiliga oid me’yoriy hujjatlar ijrosini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining joylarda samarali ijrosini ta’minlash, davlat tilining jamiyatdagi nufuzi va qo‘llanish doirasini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4