Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
Aziz va qadrli yoshlar!

Sizlarni 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Yoshlar – Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchi, Vatanimiz taraqqiyoti va kelajagining bunyodkorlaridir. Mamlakatimizda yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, o‘z iste’dod va salohiyatini to‘liq namoyon etishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani yurtimizda yoshlarga bo‘lgan yuksak e’tiborning yorqin ifodasidir.

Sizlarning intilishlaringiz, shijoatingiz, tashabbuskorligingiz va Vatanga bo‘lgan sadoqatingiz yurtimiz ravnaqi hamda xalqimiz farovonligi yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Kelgusida ham ilm-fan, tadbirkorlik, sport, madaniyat va barcha sohalarda ulkan marralarni zabt etib, yurtimiz sha’nini yuksaklarga ko‘tarishingizga ishonamiz.

Muhtaram yoshlar!

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, cheksiz kuch-g‘ayrat, ezgu maqsadlaringiz yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar va zafarlar tilaymiz.

Yoshlar kuni muborak bo‘lsin!