Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Mahallada murojaatlar va mavjud holat o‘rganildi

Mahallada murojaatlar va mavjud holat o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov o‘ziga biriktirilgan deputat A.Kenjayev hududidagi “Xalqobod” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyati hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahallada aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, fuqarolar bandligini ta’minlash hamda obodonlashtirish yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi. Mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashilib, mavjud muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini binosiga murojaat bilan kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni hal etish maqsadida deputat bilan hamkorlikda tegishli tashkilot va muassasalarga deputat so‘rovlari yuborish hamda murojaatlarning ijrosini qat’iy nazoratga olish belgilandi.

Tashrif yakunida fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida va qonuniy asosda hal etish, aholi bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Mahallada olib borilayotgan ishlarni tizimli davom ettirish hamda aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 9