Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
“DOLZARB 90 KUN” DASTURI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining 12-“O‘choq” saylov okrugidan saylangan deputati Xikmatova Marhabo Sulxonberdi qizi tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masala yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.Nazorat tadbiri davomida deputat o‘zi saylangan hududdagi “Soy” mahallasida joylashgan 3-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, yoshlarning yozgi ta’til davrini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi bilan tanishdi. Xususan, maktab qoshida tashkil etilgan yozgi sog‘lomlashtirish oromgohida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish maqsadida faoliyat yuritayotgan fan, sport hamda madaniy-ma’rifiy to‘garaklar faoliyati o‘rganildi.Shuningdek, ta’lim muassasasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, texnika xavfsizligi talablariga rioya etilishi, sport maydonchalari va stadionning holati, sanitariya-gigiyena sharoitlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi. O‘rganish jarayonida aniqlangan ayrim kamchilik va muammolar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.Mazkur o‘rganish natijalari navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilayotgan masalani har tomonlama puxta
tayyorlash, “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 5