Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X. Mirzayeva o‘ziga biriktirilgan deputat Z. Mirzaulukovning faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida 25-Yakkabog‘ saylov okrugi hududida joylashgan “Mevazor” mahallasida bo‘ldi.
💬O‘rganish davomida mahalla aholisining bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz o‘yin maydonchasi qurish bo‘yicha taklifi joyiga chiqib ko‘rib chiqildi. Mazkur hududning mavjud holati, yer maydoni hamda bolalar maydonchasini barpo etish imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi.
⚖️Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan deputatlarning hududlarni rivojlantirish, aholi manfaatlarini ifoda etish va fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni o‘rganish bo‘yicha vakolatlari doirasida amalga oshirildi.
🎠Shuningdek, bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, mahallada bolalar maydonchasi barpo etish bo‘yicha bildirilgan taklif deputat nazoratiga olinib, uni amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi belgilandi.
Hududni obodonlashtirish va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bunday tashabbuslar bundan buyon ham izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 3