Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev Obod mahallasida bo‘lib, mahalla raisi, ijtimoiy xodim hamda hokim yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahalla yettiligi faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev Obod mahallasida bo‘lib, mahalla raisi, ijtimoiy xodim hamda hokim yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida mahalla yettiligi faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Suhbat jarayonida mahalla raisi tomonidan mahalladagi ijtimoiy muhit, aholi bilan ishlash tizimi, fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, mahallada kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Ijtimoiy xodim tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Hokim yordamchisi esa mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish, kasb-hunarga o‘qitish va imtiyozli kreditlar ajratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida axborot berdi. Shu bilan birga, aholining iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan loyihalar va tashabbuslar muhokama qilindi. 

Slide 1 of 4