Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyatidan.
 Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi faoliyatidan.

⚡️ Elektr ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish masalalari o‘rganildi
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi Kotibiyat mudiri N.Xakimov, deputat D.Muxammadiyev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Erkayev Bekzod Karimovich tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

Jumladan, Shaharning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlari doirasida elektr ta’minoti tizimini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Kattaqo‘rg‘on shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘ining hisoboti sessiyada ko‘rib chiqilishi munosabati bilan uning ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish davomida elektr ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Xususan:
🔹 Zarafshon, Damariq, G‘aribmachit, Bahoriston va Yakkabog‘ mahallalarida yangi transformator punktlarini o‘rnatish hamda eskirgan elektr uzatish tarmoqlarini yangilash ishlari boshlangan;
🔹 Amir Temur, Chinobod va Navbahor mahallalarida elektr uzatish tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilish ishlari davom ettirilmoqda;
🔹 Aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida tizimli ishlar olib borilayotgani hamda mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani ta’kidlandi.

Shu bilan birga, o‘rganish jarayonida elektr ta’minoti tizimida mavjud ayrim kamchilik va muammolar ham aniqlandi.
Xususan:
▪️ ayrim mahallalarda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar uzoq yillar davomida to‘liq bartaraf etish;
▪️ maxsus texnika va zarur asbob-uskunalarning ma’lum qismi eskirgani sababli ayrim ishlarning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
▪️ fuqarolarning elektr ta’minoti sifati yuzasidan murojaat va shikoyatlari tizimli tahlil qilinmayotgani qayd etildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, elektr ta’minoti tizimining ishonchliligini yanada oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish hamda ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqildi.
Mazkur masala bo‘yicha yakuniy xulosalar va mas’ul korxona rahbarining hisoboti Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida muhokama qilinadi.

📍 Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputatlik nazorati orqali hududlarda amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash hamda aholini qiynayotgan muammolarni hal etish yuzasidan tizimli nazorat ishlarini izchil davom ettiradi.
Slide 1 of 5