Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Buxoroda mahalliy Kengashlar hamkorligiga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi

 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlarining Buxoro viloyatiga amaliy safari doirasida tajriba almashinuv tadbiri tashkil etildi 

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlaridan iborat delegatsiyaning tajriba almashish maqsadida Buxoro viloyatiga amalga oshirgan safari doirasida Buxoro viloyati hokimligi bazasida tashkil etilgan zamonaviy Boshqaruv markazi (Situatsion markaz) faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Safar davomida mehmonlarga markazning asosiy vazifalari, raqamli boshqaruv tizimlari, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish koʻrsatkichlarini onlayn monitoring qilish imkoniyatlari, aholi murojaatlarini tahlil qilish va ijrosini nazorat qilish mexanizmlari hamda tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qoʻllanilayotgan innovatsion yondashuvlar haqida batafsil maʼlumot berildi.  

Shuningdek, markazda joriy etilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ularning davlat boshqaruvidagi ahamiyati yuzasidan taqdimot oʻtkazildi. 

Shundan soʻng Buxoro viloyati hokimligida davra suhbati tashkil etildi. Unda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining vakolatlari, deputatlik nazorati samaradorligini oshirish, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning ijrosini taʼminlash, aholi muammolarini hal etishda davlat organlari va deputatlik korpusi oʻrtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. 

Davra suhbati ochiq muloqot va oʻzaro tajriba almashish ruhida oʻtdi. Ishtirokchilar tomonidan mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini takomillashtirish, raqamlashtirish jarayonlarini kengaytirish hamda aholi bilan muloqotning samarali mexanizmlarini joriy etish boʻyicha taklif va mulohazalar bildirildi. 

Tadbir yakunida mehmonlarga xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining esdalik sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, ikki hudud vakillari kelgusida ham oʻzaro hamkorlikni kengaytirish, ilgʻor tajribalarni almashish va mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish yoʻlida hamjihatlikda ish olib borishga tayyor ekanliklarini taʼkidladilar. 

Mazkur uchrashuv hududlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, mahalliy vakillik organlari faoliyatini takomillashtirish hamda zamonaviy boshqaruv tajribalarini keng joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi. 

   

Slide 1 of 15