Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
#Deputat_nazorati 📌 Deputat yoshlar bilan bir jamoada Zakovat intellektual o‘yinida ishtirok etdi

🇺🇿 Ishtixon tumanida o‘tkazilayotgan “Yoshlar festivali” doirasida Ishtixon tuman Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.

📚 Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy tarzda o‘tgan intellektual bellashuvda yoshlar bilan bir qatorda Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Nurmuxamedov Ulug‘bek ham jamoa tarkibida ishtirok etib, yoshlar bilan bir safda bilimlar bellashuvida qatnashdi.

🤝 Mazkur tadbir yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularning mantiqiy fikrlash va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, bilimli va tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

🏆 Intellektual o‘yin davomida ishtirokchilar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etib, qiziqarli bahslar orqali o‘zaro tajriba almashdilar.

✅ Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan bunday tadbirlar deputatlar tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 3