Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
янв.21
Yoshlar bandligi va sifatli bank xizmatlari — deputatlar e’tiborida
янв.21
Ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
Jalaquduqda bog‘cha rekonstruksiyasi deputat nazoratida
янв.21
“Tuyalas” MFYdagi ko‘p qavatli uylar va kommunal soha holati nazoratga olindi
янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
#24_ta_masala 📌 Xotin-qizlar murojaatlari va oilaviy masalalar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati M.Raximov tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan xotin-qizlar murojaatlari hamda oilaviy muammolarni hal etishga bag‘ishlangan qo‘shma sayyor qabulda ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida xotin-qizlarni qiynayotgan ijtimoiy, huquqiy va oilaviy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddilar ishtirokida amaliy choralar belgilandi.

Shuningdek, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularning bandligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot jarayonida fuqarolarga amaldagi qonunchilik normalari, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar hamda mavjud muammolarni bartaraf etish mexanizmlari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

✅ Xotin-qizlarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda mustahkam oila institutini rivojlantirishga qaratilgan bunday uchrashuvlar muntazam davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 4