Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
#24_ta_masala 📌 Bog‘bon mahallasida mahalla raisi faoliyati va hududni rivojlantirish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda tuman Kengashi deputatlari M.Raximov va G.Safarova tomonidan Bog‘bon mahallasida mahalla raisi faoliyati, hududni rivojlantirish va aholi muammolarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini tashkil etish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, soliq inspektori va ijtimoiy xodimdan iborat “mahalla yettiligi” faoliyatining o‘zaro hamkorlik asosida tashkil etilishi, aholining bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ajratilayotgan mablag‘larning manzilli va maqsadli sarflanishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, mahallada sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, milliy qadriyatlarni targ‘ib etish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda ta’lim, tibbiyot, sport, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida aholiga yaratilgan sharoitlar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud muammolarni tizimli hal etish va hududni kompleks rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Bog‘bon mahallasida aholi farovonligini oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va hududni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 2