Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
#doimiy_komissiya 📌 Fuqarolarga moddiy yordam ajratish masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi

2026-yil 11-iyun kuni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishida fuqarolarga moddiy yordam ajratish bilan bog‘liq masala muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Sheyxlarkent mahallasida yashovchi fuqaro Suvanova Mavludaning sog‘lig‘ini tiklash uchun 5 million so‘m hamda Yangikent mahallasida yashovchi fuqaro Esanov Musoning sog‘lig‘ini tiklash uchun 5 million so‘m miqdorida moddiy yordam ajratish yuzasidan kiritilgan taklif ko‘rib chiqildi.

Masala yuzasidan taqdim etilgan hujjatlar va amaldagi qonunchilik normalari atroflicha o‘rganilib, tuman mahalliy byudjetining daromadlar rejasi oshirib bajarilgan qismi hisobidan mazkur mablag‘larni ajratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksida aniq huquqiy asos mavjud emasligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan doimiy komissiya tomonidan fuqarolarning murojaatlarini amaldagi tartib asosida ko‘rib chiqish hamda ularga zarur yordam ko‘rsatish masalasini “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” yoki boshqa tegishli ijtimoiy himoya mexanizmlari doirasida ko‘rib chiqish bo‘yicha tavsiya berildi.

Natijada mazkur masala qo‘shimcha o‘rganish va amaldagi ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimlari orqali hal etish maqsadida tashabbuskorlarga qaytarildi.

📍 Doimiy komissiya tomonidan budjet mablag‘larining qonuniy va maqsadli sarflanishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1