Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
янв.21
73-DIUMda yangi va zamonaviy oshxona qurilishi boshlandi: Deputatlar nazoratda!
янв.21
Infratuzilma: ajratilgan mablag‘lar ijrosi tahlili
#24_ta_masala 💧 Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov hamda deputat A.Rabbimov Humo mahallasida bo‘lib, mahalla aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdilar.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokida “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-141-son qarori asosida amalga oshirilmoqda.

O‘rganish davomida ichimlik suvi tarmog‘ini qurish ishlari, bajarilayotgan qurilish-montaj jarayonlari hamda loyihaning aholi turmush sifatini yaxshilashdagi ahamiyati yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Hududlarda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, aholini toza va sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi deputatlar tomonidan muntazam nazorat qilib borilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 4