Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24 TA TAVSIYA: Yoshlar tadbirkorligi va bandligi — e’tibor markazida
янв.21
Aholi salomatligi va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida
янв.21
“G‘ayrat” mahallasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini o‘rgandi
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yorqishloq” uzumchilik markaziga aylanmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Manas” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Yozgi ta’til mazmunli o‘tmoqda: 33-maktabdagi to‘garaklar deputat e’tiborida
янв.21
Deputatlar nazorati: Savdo shoxobchalarida narx-navo barqarorligi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Jalaquduqda «Tashabbusli budjet» loyihasi
янв.21
Kambag‘allikdan farovonlik sari: nuroniylar ishtiroki
янв.21
Uchrashuv davom etmoqda: Yoshlarning har bir tashabbusi va murojaati e’tiborda
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati E.Tursunqulov belgilangan ish rejasiga muvofiq Yovqachar mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hudud aholisining muammolari, yoshlar bilan ishlash tizimi hamda ta’lim muassasalaridagi mavjud sharoitlarni o‘rgandi.

Oʻrganishda deputat navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar doirasida mahalladagi yoshlar muammolarini tizimli hal etish, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularni sport va madaniy-ma’rifiy tadbirlarga keng jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning samaradorligi o‘rganildi.
Muloqotlar davomida yoshlar orasida uchrayotgan muammolar, ularning qiziqish va ehtiyojlari, bandlikni ta’minlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Deputat ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflarini bildirdi.

Shuningdek, deputat hududda joylashgan 8-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan yozgi sog‘lomlashtirish markazi faoliyati bilan ham tanishdi. Markazda o‘quvchilarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazish, ularning jismoniy hamda ma’naviy rivojlanishini ta’minlash maqsadida yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. O‘quvchilar uchun tashkil etilgan sport musobaqalari, ijodiy to‘garaklar va ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlar jarayoni o‘rganilib, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Oʻrganish davomida deputat fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Uchrashuv davomida aholi tomonidan ko‘tarilgan qator murojaatlar tinglanib, ularning aksariyati joyida hal etildi. Yechimi qo‘shimcha vaqt va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni talab qiladigan masalalar esa deputatning hududdagi muammolarni qayd etib borish daftariga kiritildi.

Mazkur murojaatlar yuzasidan deputat o‘ziga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova bilan bog‘lanib, ularni tegishli doimiy komissiya yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish choralarini muhokama qildi.

Bunday uchrashuvlar xalq vakillari bilan saylovchilar o‘rtasidagi ochiq muloqotni mustahkamlash, hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali mexanizm sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4