Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Mahalladagi kriminogen vaziyat deputat tomonidan o'rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 12-Sharq yulduzi saylov okrugidan saylangan deputat Maxfuza Isroilova tomonidan Sharq yulduzi mahallasida jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida profilaktika inspektori tomonidan hududda olib borilayotgan profilaktik tadbirlar, aholi bilan hamkorlikdagi ishlar hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Sharq yulduzi mahallasi hududida jinoyat holatlari qayd etilmagan bo‘lib, hudud jinoyatchilik darajasi bo‘yicha “yashil” toifada saqlanib kelinmoqda.
Shuningdek, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlar o‘rtasida salbiy holatlarning oldini olish, oilaviy nizolarni bartaraf etish hamda kiberxavfsizlik bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari muntazam olib borilayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 1