Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li o‘zi saylangan okrugdagi “Qayilma” MFYda bo‘lib, hududdagi mavjud holat hamda “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.O‘rganish davomida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarni qo‘llab quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Aniqlanishicha, hokim yordamchisi A.Azamatov tomonidan yil boshidan buyon 3 nafar doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz fuqaro kasb-hunar va tadbirkorlik yo‘nalishlarida o‘qitilgan. Shuningdek, 12 nafar fuqaroning doimiy ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashilgan.Bundan tashqari, 20 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va biznes tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash maqsadida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan. 11 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularning kichik biznes subyektiga aylanishi uchun zarur amaliy yordam ko‘rsatilib kelinmoqda.Shuningdek, 11 nafar fuqaro uchun mahallada kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida mikroloyihalar tashkil etilib, ushbu loyihalar amaliy faoliyatini boshlagani qayd etildi. Uchrashuv yakunida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini yanada oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Bu kabi o‘rganishlar hududlarda olib borilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish va fuqarolarning turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 2