Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Jalaquduqdagi dam olish maskanlari deputatlar e’tiborida
янв.21
“Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonun — eng muhim qonunlardan biri: g‘alla hosilini yig‘ish ishlari bilan tanishildi
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputat E.Qurbonov: aholi manfaatlari yo‘lida amaliy o‘rganish
янв.21
Senat a’zosi O‘.N. Axunovning Jalaquduq tumaniga tashrifi
янв.21
24 ta tavsiya: Yoshlarning kelajagi – e’tibor markazida
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati D. Abilqosimova tomonidan 16-Sazag‘on saylov okrugida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

✍️O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, bolalarning sog‘lom va xavfsiz muhitda tarbiyalanishi hamda muassasaning moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishildi.

➡️Shuningdek, guruh xonalarining holati, bolalar uchun yaratilgan qulayliklar, o‘quv va didaktik vositalar bilan ta’minlanganlik darajasi, oshxona va tibbiyot xonalarining faoliyati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda hududning obodonlashtirilganlik holati ko‘zdan kechirildi.

➡️Deputat tomonidan muassasa rahbariyati va pedagog xodimlar bilan muloqot o‘tkazilib, maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, bolalarning sifatli ta’lim va tarbiya olishini ta’minlash, ularning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

➡️O‘rganish jarayonida tarbiyalanuvchilarning kun tartibi, ovqatlanish sifati, xavfsizlik choralari hamda ota-onalar bilan hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Muassasada bolalarning har tomonlama barkamol voyaga yetishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ijobiy baholandi.

➡️Shu bilan birga, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ta’lim sifatini yanada oshirish, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni takomillashtirish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

⚡️O‘rganish yakunida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib borilayotgan ishlar ustidan deputatlik nazoratini davom ettirish hamda bolalarning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil amalga oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7