Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Inson qadri uchun: "Abdurahmon Jomiy" mahallasida ehtiyojmand oilaning yashash sharoiti o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova shahardagi “Abdurahmon Jomiy” mahallasida bo‘lib, ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqaro S.Ustayeva xonadonidagi haqiqiy ahvolni joyida o‘rgandi.

💬 Fuqaro S.Ustayeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-sonli qarorining 13-bandiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–17-sonli Farmoni doirasida uy-joyni ta'mirlash uchun mablag‘ ajratish yuzasidan shahar Kengashiga tavsiya etilgan.

💬 Tashrif davomida Kengashi raisi xonadonning egalarining yashash sharoiti, tom va devorlarining holati hamda ta’mirtalablik darajasini bevosita ko‘zdan kechirdi.

💬 Rejalashtirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining ko‘lami va zaruriy qurilish materiallari ehtiyoji muhokama qilinib, shahar Kengashining sessiyasida ko‘rib chiqilishi belgilanib olindi.

Slide 1 of 2