Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📌 “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🏫 Jumladan, Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugi deputati A.To‘xtashov tomonidan 40-son umumta’lim maktabida yoshlarning yozgi ta’til davridagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish holati o‘rganildi.

👥 O‘rganish davomida ta’lim muassasasida yoshlarni sport, fan, kasb-hunar hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi to‘garaklarga keng jalb etish, ularning qiziqish va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

💬 Shuningdek, mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, yozgi ta’til davrida ularning bandligini ta’minlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

✅ Bu kabi o‘rganishlar “Dolzarb 90 kun” dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5