Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

 XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI

Tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan xalq deputatlari tuman Kengashiga
taqdim etilgan “Tumanda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini
ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish, huquq va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish hamda “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida
amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi hisobot doirasida xalq deputatlari
Quva tuman Kengashi deputati B.Sharipov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi
A.Fozilov tomonidan M.Xasanov mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli
faoliyati o‘rganildi.


O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash,
ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, doimiy
daromad manbalarini yaratish, muammolarini aniqlash va manzilli hal etish
borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.


Shuningdek, “Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlar bilan
olib borilayotgan ishlar holati, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy,
huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish, tadbirkorlik tashabbuslarini
qo‘llab-quvvatlash hamda murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish yuzasidan
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama etildi.


O‘rganishlar yakunida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni
qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari samaradorligini kuchaytirish yuzasidan taklif
va tavsiyalar berildi. Aniqlangan kamchiliklar “Deputatning ko‘cha aylanish
daftari”ga kiritilib, ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.
  

Slide 1 of 2