Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Doimiy komissiya tomonidan qarorlar ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Mahkamov hamda doimiy komissiya a’zolari Sh.Madaminova, S.Azizov va deputat X.Abdurahmonov tomonidan “Nuroniy” jamg‘armasi Marg‘ilon shahar bo‘limida nazorat-tahlil ishlari amalga oshirildi.
Oʻrganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi PQ–405-sonli “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Xususan, Prezident qarorida belgilangan kambag‘al oilalar farzandlarini ularning qiziqishlari va qobiliyatlaridan kelib chiqib hunarmand va ustalarga shogirdlikka biriktirish, ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarni o‘quv qurollari, jihozlari hamda sport kiyimlari bilan ta’minlash, ularning qo‘shimcha darslar va turli to‘garaklarga jalb etilishi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi qarorida nazarda tutilgan ijtimoiy reestrga kiritilgan oilalar farzandlariga o‘quv jihozlari, qurollari va sport kiyimlarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash tartiblarining amaliy ijrosi ham atroflicha tahlil qilindi.

Nazorat tadbiri davomida mas’ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar tinglanib, mavjud holat o‘rganildi hamda kelgusida mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Slide 1 of 5