Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash: Kadastr idorasida nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish Termiz shahar komissiyasi raisi D.Normuradova hamda komissiya a’zosi A.Ashurovlar Kadastr agentligi huzuridagi Davlat kadastrlari palatasining Termiz shahar filialiga tashrif buyurdilar.

💬 Komissiya a’zolari ushbu muhim sohada korrupsiyaga qarshi kurashish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sohadagi shaffoflikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan izchil nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.

💬 O‘rganishlar davomida filial xodimlarining kunlik ish faoliyati va fuqarolar bilan ishlash tizimi atroflicha ko‘rib chiqildi, binoda korrupsiyaning oldini olish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda xodimlarni halollikka chorlovchi ko‘rgazmali targ‘ibot materiallarining (stendlar, eslatmalar, bannerlar) nihoyatda kamligi keskin tanqid ostiga olindi.

💬 Komissiya tomonidan quyidagi ko‘rsatmalar berildi:

🟢Har bir xodim stolida eslatma bo‘lishi shart: Korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik standartlari va qonun buzilishining oqibatlari to‘g‘risidagi maxsus targ‘ibot-tashviqot materiallari har bir xodimning ish stoli ustida, ko‘rinarli joyda turishi belgilandi;

🟢Kirish qismida ogohlantirishlar joylashtiriladi: Binoga keluvchi fuqarolar uchun qulay bo‘lgan kirish qismida ishonch telefonlari, murojaat qilish tartibi va korrupsiyaga qarshi kurashish bannerlari zudlik bilan o‘rnatilishi talab etildi.

💬"Korrupsiyaning oldini olishda ko‘rgazmali targ‘ibot eng ta’sirchan qurollardan biridir. Bu har bir xodimga o‘z mas’uliyatini, har bir fuqaroga esa o‘z huquqini eslatib turishi lozim," — deya ta'kidladi D.Normuradova.

🫥Sohada ochiqlik va qonun ustuvorligini ta’minlash borasidagi tizimli nazorat tadbirlari qat'iy davom ettiriladi.

Slide 1 of 3