Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Bunyodkorlik va taraqqiyot yo‘lidagi Oltiariq

 Bunyodkorlik va taraqqiyot yo‘lidagi Oltiariq

(tumanda amalga oshirilayotgan islohotlarga munosabat)


 

Bugun mamlakatimizda Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik ishlari har bir hudud qiyofasida o‘zining yorqin ifodasini topmoqda. Aholi turmush farovonligini yuksaltirish, zamonaviy ta’lim va tibbiyot muassasalarini barpo etish, infratuzilmani rivojlantirish, energiya samaradorligini oshirish hamda mahallalarni obod va fayzli maskanlarga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xalqimiz uchun yaratilayotgan ulkan imkoniyatlarning amaliy natijasidir. Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari asosida keng ko‘lamli qurilish, rekonstruksiya va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. Bu ishlar tuman aholisining hayot sifatini yaxshilash, yoshlarga munosib ta’lim olish sharoitlarini yaratish hamda hududlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.  

Slide 1 of 1