Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
3-Nurafshon saylov okrugida deputatlar tomonidan hududdagi mavjud holat va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

3-Nurafshon saylov okrugida deputatlar tomonidan hududdagi mavjud holat va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov, deputat G. Shafoatova tomonidan 3-Nurafshon saylov okrugi deputati K. Abdullayeva hududida hududning infratuzilmasi bilan tanishib, joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari jarayonini ko‘zdan kechirdi.

O‘rganish davomida piyodalar yo‘lakchalari holati, tungi yoritish tizimining uzluksiz ishlashi hamda maktab binosida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari sifati alohida nazoratdan o‘tkazildi. Shuningdek, bajarilayotgan ishlarning belgilangan talab va me’yorlarga mosligi, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklar tahlil qilindi.

Mas’ullar bilan muloqot chog‘ida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishlar sifatini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur o‘rganishlar hududda infratuzilmani rivojlantirish, fuqarolar uchun yanada xavfsiz va qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shuningdek hududga tashrif davomida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari, muammo va takliflari o‘rganilib, tegishli tartibda qayd etib olindi.

Slide 1 of 6