Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashi raisi

⚡️ MAHALLA RAISLIGI SAYLOVLARI: QONUN IJROSI VA SAYLOVGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Joriy yilda hududdagi ayrim mahallalarda fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimlari boʻshab qolganligi munosabati bilan oʻtkaziladigan saylovlarni yuqori saviyada tashkil etish hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi №OʻRQ-499-sonli Qonuni ijrosini taʼminlash masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

📌 Uchrashuvda:
🔹 Sh.Dadaboyev — Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi;
🔹 B.Jaloliddinov — “Mahalla” uyushmasi shahar boʻlimi boshligʻi;
🔹 M.Murodov — Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati ishtirok etdi.
📝 Muloqot davomida fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimi boʻshab qolgan mahallalarda saylovlarni amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, ochiq, oshkora va shaffof tarzda tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Xususan:
✅ Qonun talablariga qatʼiy rioya etish;
✅ Nomzodlarni tanlashda adolat, xolislik va shaffoflik tamoyillariga amal qilish;
✅ Ovoz berish jarayonlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish;
✅ Saylov oʻtkaziladigan joylarni zarur texnik vositalar bilan jihozlash;
✅ Ishchi guruhlar faoliyatini samarali muvofiqlashtirish;
✅ Saylov jarayonlari ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
🤝 Taʼkidlanganidek, mahalla fuqarolarning eng yaqin va ishonchli oʻzini oʻzi boshqarish instituti hisoblanadi. Shu bois, boʻshab qolgan mahalla raislari oʻrniga munosib nomzodlarni saylash jarayonlarini qonuniylik, ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿 Ochiq va adolatli saylov — kuchli mahalla, fuqarolar ishonchi va hududlar barqaror rivojlanishining muhim omilidir.

Slide 1 of 4