Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Ko‘p qavatli uylardagi muammolar va boshqaruv kompaniyalari faoliyati e’tibor markazida!

Ko‘p qavatli uylardagi muammolar va boshqaruv kompaniyalari faoliyati e’tibor markazida!

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengash kotibiyati mudiri O‘.Rajabov hamda S.Rajabovalar tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar doirasida tumandagi ko‘p qavatli uylarda aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyati dastlabki tarzda, joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

Kommunal xizmatlar sifati: Ko‘p qavatli uylarni toza ichimlik suvi, oqova suv tarmoqlari, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlanganlik darajasi;
Boshqaruv kompaniyalarining mas’uliyati: BSKlar tomonidan ko‘p kvartirali uylarning tom qismi, yerto‘lalari, kirish yo‘laklari hamda atrof-muhitni obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar holati;

Ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularni qiynayotgan muammolar, xizmat ko‘rsatish sifatidan qoniqish darajasi va to‘lov intizomi masalalari tahlil qilindi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash va boshqaruv kompaniyalari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq ko‘rsatmalar berildi.