Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Deputat faoliyati va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi

Deputat faoliyati va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘zdan kechirildi

Xalq bilan muloqot qilish, aholi muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish — bugungi kun deputatining bosh mezonidir.

Xalq deputatlari Uzun tumani kengashi Kotibiyat mudiri O‘.Rajabov hamda tuman kengashi deputati S.Rajabova ishtirokida hududda olib borilayotgan ishlar samaradorligi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
“Ko‘chama-ko‘cha murojaatlar bilan ishlash daftari”ning yuritilishi: Deputat tomonidan aholi xonadonlariga kirish, ularning dardu tashvishlarini tinglash va muammolarni tizimli qayd etib borish holati tahlil qilindi.

Daftarga tushirilgan murojaatlarning qanchalik muddatida va sifatli hal etilganligi, tegishli tashkilotlarga yuborilgan deputatlik so‘rovlarining natijalari ko‘rib chiqildi.

S.Rajabovaning o‘z saylov okrugidagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishdagi faolligi hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan harakatlari baholandi.

O‘rganish yakunida aniqlangan yutuqlar e’tirof etilib, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda kelgusida aholi bilan ishlash tizimini yanada jadallashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.