Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Mitti qalblar eʼtiborda: Qoʻshterak MFYdagi oilaviy bogʻcha faoliyati
янв.21
“Urgu" MFYda ichimlik suvi muammosi hal etildi
янв.21
Dostonobod MFYda katta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Jalaquduq tumani: Mahallalarda nazorat tadbirlari
янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat F.Axmedov, tuman hokimi maslahatchisi X.Akmalov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari F.Fayzulloyeva va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida davlat tili haqidagi qonun talablarining amalda bajarilishi, ish yuritish hujjatlarining davlat tilida rasmiylashtirilishi, tashqi va ichki yozuvlar, ko‘rsatkichlar, e’lonlar hamda axborot materiallarining davlat tili me’yorlariga muvofiqligi tahlil qilindi.

🔺Shuningdek, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarida davlat tilidan to‘liq va samarali foydalanish, rasmiy veb-sahifalar va ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilayotgan materiallarning davlat tili qoidalariga muvofiqligi ham o‘rganildi. Mas’ul xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, qonun talablarini yanada to‘liq ta’minlash bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi.

🔺Tahlillar davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, hujjatlar va axborot materiallarini davlat tili me’yorlari asosida yuritish, xodimlarning til madaniyatini oshirish hamda qonun talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 7