Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24 ta tavsiya: Qilichmozor MFYda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muammolarga amaliy yechim: Deputat mahallalarda
янв.21
Nigoh — maktabgacha ta’limga: 32-sonli davlat bog‘chasi ko‘zdan kechirildi
янв.21
Xalq deputatlari Kengashi raisi ko‘magida oilaviy mulkiy nizo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat xalq ichida: Muammolar joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Mahalla yettiligi» faoliyati va obodonlashtirish ishlari diqqat markazida
янв.21
Jalaquduq tumanida infratuzilmani yaxshilash ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda
янв.21
Jalaquduq tumanida “Yoshlar festivali” ko‘tarinki ruhda o‘tdi
янв.21
24 TA TAVSIYA Bozorlarda narx-navo barqarorligi – deputatlar e’tiborida
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashining 6-«Tog‘» saylov okrugidan saylangan deputati, tuman hokimi U.Yelmuratov tomonidan o'z saylov okrugi hududida faoliyat yuritayotgan yosh tadbirkorlar bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuv o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning biznes yuritish jarayonida duch kelayotgan muammo va takliflarini o‘rganish, shuningdek, hududda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash borasida amaliy choralarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, moliyaviy resurslardan foydalanish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan bog‘liq masalalar hamda yer ajratish, kredit olish va biznes loyihalarni amalga oshirish yuzasidan qator taklif va murojaatlar bildirildi.

Deputat tomonidan har bir murojaat va taklif atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Shuningdek, davlat tomonidan tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlar uchun ajratilayotgan imtiyoz va preferensiyalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning innovatsion g‘oyalari, istiqbolli biznes loyihalari va tashabbuslari alohida e’tirof etilib, ularni amaliy qo‘llab-quvvatlash, investitsiyalar jalb qilish hamda faoliyatini kengaytirishga ko‘maklashish masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlarini yaratishda yosh tadbirkorlarning o‘rni beqiyos hisoblanadi. Shu bois ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolariga yechim topish hamda biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish doimiy e’tiborda bo‘lib qoladi.

Uchrashuv yakunida yosh tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan takliflarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi hamda bu kabi ochiq muloqotlarni muntazam ravishda tashkil etish muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 3